Server
Obyektning yuragi: ma'lumot shu yerda turadi, kassa va oshxona shunga ulanadi. Internet uzilsa ham ish to'xtamaydi.
Ilovalar
Ilovalar bir-biriga ulangan: kassada urilgan buyurtma oshxonada, hisobot esa boshqaruv panelida chiqadi. O'rnatishni biz qilamiz — bu yerdan eng oxirgi versiyani yuklab olasiz.
Windows va macOS uchun o'rnatish fayllari. Har bir ilova o'zining oxirgi versiyasi bilan turadi.
Obyektning yuragi: ma'lumot shu yerda turadi, kassa va oshxona shunga ulanadi. Internet uzilsa ham ish to'xtamaydi.
Buyurtma qabul qiladi, to'lovni oladi, soliq chekini chiqaradi. Internetsiz ishlaydi.
Biznex kassir ilovasi
Buyurtmalarni navbat bilan ko'rsatadi, tayyor bo'lganini oshpaz o'zi belgilaydi.
Biznex KDS oshxona ekrani
Ilovani do'kondan o'rnating va Biznex hisobingiz bilan kiring — alohida ro'yxatdan o'tish kerak emas.
Savdo, ombor va xodimlar hisoboti cho'ntagingizda — obyektda bo'lmasangiz ham ko'rib turasiz.
Buyurtma stol yonida olinadi va to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga tushadi — kassaga yugurish shart emas.
Odatda ilovalarni biz o'rnatamiz va sozlaymiz: kassa, printer, ekranlar va menyu tayyor holda topshiriladi. Yuklab olish sizga faqat yangi qurilma qo'shilganda kerak bo'ladi.
Menyu, ombor, xodim va hisobotlar uchun hech narsa o'rnatilmaydi — panel brauzerda ochiladi va o'zi yangilanadi.
Obyektingizni aytsangiz, kerakli to'plamni aytamiz — ortiqchasini emas.